Bulduruq
Bulduruq — yog`inlarning bir xili. Ayoz, sovuq kunlari yoki tuman paytlarida nam havo zarralarining muzlashi natijasida hosil bo`ladi. Bulduruq yumshoq muz kristali yoki donachalari shaklida yog`adi. Izg`irin paytlarida daraxt shoxlari va simlarda ham bulduruq paydo bo`ladi.