BUNZEN (BUNSEN) ROBERT VILGELM

BUNZEN (BUNSEN) ROBERT VILGELM (1811.31.3 1899.16.8) nemis kimyogari, Peterburg Fanlar Akademiyasining xorijiy muxbir a’zosi (1862). Marburg (1838 yildan) va Geydelberg universiteti (1852— 89) professori. Bunzen ko’mir-rux galvanik elementini ixtiro qilgan (1841). Metall holdagi magniy, litiy, kaltsiy, strontsiy va bariylarni elektroliz yo’li bilan olgan. Gaz analizi usulini ishlab chiqqan. G. R. Krixgof bilan birga spektral analizga asos solgan. Gaz gorelkasi, yog’ dog’li fotometr, muz kalorimetri va boshqalarni kashf etgan.