BUQOQ OHU

BUQOQ OHU (Gazella gutturasa) g’izollar urug’ining bir turi. Kuvushshoxlilar oilasiga mansub. Erkagi dzeren, urgochisi sergakchin deb ataladi. Markaziy Osiyoda tarqalgan. Mongoliyaning shimoli sharqida va Qozog’istonning Chu cho’llarida ko’p uchraydi. Qirli cho’llarda, ba’zan tog’li yerlarda yashaydi. Qomati kelishgan. Tanasining uzunligi Po santimetr, bo’yi 80 santimetr, og’irligi 50 kilogrammgacha. Oyoqlari uzun va ingichka, tuyoqlari ixcham. Qorni oq, yelkasi va biqini yozda sarg’ish qumrang, qishda ochroq bo’ladi. Dumi kalta. Erkagida halqa bo’g’imli uzun qora shox bor, urg’ochisi shoxsiz. Buqoq ohu shuvoq, Burgan kabi o’tlar bilan oziqlanadi. May — iyunda bitta, ba’zan ikkita bola tug’adi. Boshqa ohular kabi kichikroq poda bo’lib yuradi. Go’shti mazali. Ovlanadi.