BURCHAK TRISEKTSIYASI

BURCHAK TRISEKTSIYASI (lotincha tri uch va sectio — qirqish) — biror burchakni 3 teng qismga bo’lish haqidagi masala; qadimgi mashhur 3 masalaning biri. Bular: Burchak trisektsiyasi, doira kvadraturasi va kubni ikkilantirish. O’rta asr Arab manbalarida Burchak trisektsiyasi algebra va trigonometriya masalalari bilan bog’lanadi. 9-10-asrlarda Burchak trisektsiyasi x3+px+q—O kub tenglamani yechishga keltiriladi. 15-asrda samarqandlik olim Jamshid ibn Mas’ud al-Koshiy juda aniq trigonometrik jadvallar tuzish va ma’lum sin3° asosida singni hisoblash uchun kub tenglamani taqribiy hisoblash usulini qo’llaydi. Eslatilgan masalalarning birontasini ham tsirkul va chizg’ich yordamida yechib bo’lmaydi.