BURE LEONARD
BURE LEONARD (Leon, Lev) Leonardovich (1887.21.6 — Samarqand — 1943.30.12) — rassom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1939). Ijodini manzara va hajviy (karikatura) asarlar yaratish bilan boshlagan. 1911 yilda Samarqand fuqarolar kengashi zalida namoyish etgan 100 ta hajviy asari chorizmning mustamlakachilik siyosatini fosh etadigan asarlar bo’lgani uchun ta’qib ostiga olingan. «Eski Buxoro» (1907), «Buxoroda uch kishining qatl etilishi» (1907, yana bir nusxasi 1940), «Samarqanddagi Sherdor madrasaning hovlisi» (1913. yana bir nusxasi J 929), «Registon maydoni» (1917), «Amir Temur maqbarasi» (1918), «Ulug’bek madrasasining hovlisi» (1926) asarlari O’zbekistonning o’tmishiga va me’moriy yodgorliklarini tasvirlashga bag’ishlangan. «Mashrab», «Mushfiqiy», «Bigiz» hajviy jurnallarida faol qatnashgan.