BUREYA TIZMASI

BUREYA TIZMASI — uzoq Sharqning Janubda, Rossiya Federatsiyasi Xabarovsk o’lkasidagi tog’ tizmasi. Urmi, Amgun va Bureya daryolarining suvayirg’ichi. Granit, gneys, slanes, shuningdek cho’kindi va effuziv jinslardan tarkib topgan. Kryaj va o’rtacha balandlikdagi tog’lardan iborat. Bureya daryosining bosh qismidan Tirma daryosining yuqori oqimiga qarab meridional yo’nalishda cho’zilgan. Uzunligi qariyb 400 kilometr. Balandligi Janubda 1000— 1100 metrdan shimolda 1600-2071 metrgacha. Yon bag’rining pastki qismi igna bargli va keng bargli o’rmon bilan, tog’ etagi va yon bag’irlari dubzorlar bilan qoplangan.