BURGANA
BURGANA — olay tog’larining shimol tizmalaridan biri. Shimol yon bag’ri O’zbekiston, Janub yon bag’ri Qirg’iziston hududida. G’arbdan sharqqa 25-26 kilometrga cho’zilgan, eni 16 kilometr. Eng baland joyi 1064 metr. Asosan ohaktosh, slanes va intruziv jinslardan tarkib topgan. Iqlimi quruq. Burganada cho’l o’simliklari o’sadi. Shimol yon bag’rida ozokerit, oltingugurt va neft konlari topilgan.