BURGANSOY

BURGANSOY — Navoiy viloyati Xatirchi tumanilagi soy, Tasmachisoyning chap irmog’i. Oqtog’ning Janubiy yon bag’ridan 1600 metr balandlikdai Qorag’achsoy nomi bilan boshlanadi, quyi oqimida Olmasavan deb ataladi. Uzunligi 23 kilometr, havzasining maydoni 34,7 km2. Soyga 50 dan ortiq irmoq qo’shiladi. Burgansoyning yuqori oqimida vodiysi tor, daryo ko’p joylarida chuqur daralar orqali o’tadi. Quyi oqimida vodiy 500-800 metrgacha kengayadi. Burgansoy erigan qor, yomg’ir va buloq suvlaridan to’yinadi. Mavlon qishlog’i yaqinida o’rtacha yillik suv sarfi 275 l/sek. Bahor (mart — may) oylarida o’rtacha suv sarfi 1 m/sekundgacha yetadi, yillik oqimning 60-75% shu davrda oqib o’tadi. Boshqa fasllarda 50-100 l/sekundgacha kamayadi. Ba’zan sel oqimlari kuzatilib, suv sarfi sekundiga 16,2 metr kubgacha ko’payadi.