BURGOMISTR

BURGOMISTR (nem. Burgeimeister) — ayrim mamlakatlar (Germaniya, Belgiya, Niderlandiya, Avstriya) mahalliy boshqaruv organlarida oliy mansabdor shaxs. Burgomistrlar mazkur organlarda yetakchi rol o’ynaydi: markaziy hukumat vakili hisoblanadi, munisipal (mahalliy) xizmatchilarni ishga tayinlaydi va ishdan bo’shatadi; budjet tuzish va uni bajarish ishlariga boshchilik qiladi. Burgomistr Germaniyaning ko’pchilik yerlarida munisipal kengashlar yoxud bevosita aholi tomonidan saylanadi (Germaniyaning Bavariya va BadenVyurtemberg yerlarida) yoki bevosita hukumat tomonidan tayinlanadi. Quyi Saksoniya va Shimoliy Vestfaliya yerlarida asosan vakillik vazifalarini bajaradi.