BURGUNDLAR
BURGUNDLAR — german qabilasi. Ikki Qirollik: 1) 5-asr boshlarida Reyn daryosi havzasida (436 yil gunnlar bosib olgan); 2) 5-asr o’rtalariga kelib esa Rona daryosi havzasida (534 yil franklar bosib olgan) barpo etganlar. Burgundiya nomi shu qabila nomidan olingan.