BURHONIDDIN TERMIZIY

BURHONIDDIN TERMIZIY, Sayyid Husayn Burhoniddin Muhaqqiq (?-1240, Qo’niyo shahri, Turkiya) — tadqiqotchi olim (Muhaqqiq laqabi shundan), Shayx. Baho Valad (1231 yil vafot etgan) degan donishmandga shogird tushgan va davrining eng yuksak — sayyidi sirdon (hamma sirlardan voqif) unvoniga sazovor bo’lgan. Umrining so’nggi yillarida Turkiyaning Qo’niyo shahriga kelib Jaloliddin Rumiy maqbarasi xonaqohida shayhlik qilgan. Burhoniddin Termiziyning «maorif»asari bizgacha yetib kelgan. Unda falsafa, qonunshunoslik, tafsir, hadis ilmi bilan bog’liq masalalar, Islom mazhablari yoritilgan. Bu asar 1920 yil Tehronda bosilgan.