Burj

Burj – devorga tashqi tomondan tirgak sifatida ishlangan qurilma, qal’a devorlariga tutash minora shaklidagi qo’shimcha inshoot. Mudofaa maqsadida qurilgan maxsus burjlar ham bo’lgan. Xorazm, Buxoro yodgorliklarida me’moriy jihatdan diqqatga sazovor turli xil burjlar saqlanib qolgan. Ba’zan o’rniga qarab burj guldasta, mezana, minora deb ham nomlanadi.