Burmistr
Burmistr (polshacha burmistrz, nemischa Burgermeister-shahar boshlig’i so’zidan)-1) Magdeburg huquqi amalda bo’lgan shaharlarda shaharning ma’muriy va sudlov hokimiyatiga ega oliy rahbari; shahar magistrati boshlig’i, shahar boshqarmasi vakili. Polshada mazkur lavozim XIII asrda yuzaga kelgan. Burmistr shahar kengashi raisi bo’lgan, u kengash a’zolari tomonidan o’zlari orasidan saylangan. XIX asrda Burmistr va shahar kengashi raisi lavozimlari bir-biridan ajratilgan; 2) Rossiyada pomeshchik yer-mulkining boshqaruvchisi. Dehqonlarning turli mehnat majburiyatlarini bajarishlarini, qishloqdagi tartib va boshqalarni nazorat qilgan.