Burqutlar

Burqutlar-turklashgan mo’g’ul urug’laridan birining nomi. XI-XII asrlarda Baykal ko’lining sharqiy sohillarida yashagan. XIII asrning boshida Chingizxonga tobe bo’lgan burqutlarning katta qismi XIII-XVI asrlar davomida Movarounnahrga kelib o’rnashgan. Burqutlar asosan Zarafshon vohasida, qisman Mirzacho’lda joylashgan. XVIII asrning 50-yillarida burqutlar Buxoro xonligiga qarshi katta qo’zg’olon ko’targan. Qo’zg’olonni hukumat qo’shinlari bostirgach, burqutlarning bir qismi Zarafshon vohasidan Hisor vodiysiga ko’chirilgan. O’zbekiston hududida yashagan burqutlar o’troqlashib, o’zbeklar bilan aralashib ketgan.