BURUNDOY
BURUNDOY, Borunday — mo’g’ul sarkardasi; 13-asr 30-yillari oxiri — 40-yillari boshida Botuxon qo’shini tarkibida rus va boshqa mamlakatlarni bosib olishda qatnashgan. 1258-59 yillarda mo’g’ullarga tobe Knyaz Vasilko Romanovich (1199— 1271) bilan birga Litva va Polshaga yurish qilib, u yerlarni talon-toroj etgan, so’ng Janubiy G’arbiy Rusni ham bo’ysundirib, uning shaharlaridagi qal’alarni buzdirib tashlagan. Shunda Knyaz Vasilko Romanovich ham Burundoy buyrug’iga binoan o’zining Vladimirvolinskiy knyazligidagi barcha harbiy istehkomlariga o’t qo’ygan.