BUTADOR
BUTADOR — milliy zardo’zlikagi naqsh mujassamotlaridan biri. Uslublashtirilgan buta shaklidagi naqshgul (guldasta)lar bezatiladigan yuza bo’ylab bir tekis yoyiladi. O’zaro bog’lanmagan bu guldastalar alohida tuzilishi bilan Butadorni belgilaydi. Naqshni asosan o’simlik gullari, ayrim hollardagina handasiy shakllar tashkil qiladi. Eng uchi, kiyim bari va yetaklarini o’rab olgan «qur» — hoshiya bezakni bir mujassamotga birlashtiradi. Butadorning «Butadori daraxt», «Butador chilyolak», «Butador tavqnok» va boshqa turlari bor. Butador asosan guldo’zi, guldo’zizamindo’zi, ba’zan birishimdo’zi usulida tikiladi. O’ta ifodali hamda hashamdor bo’lgan Butador bezakli buyumlar 19-20-asr boshlarida keng tarqalgan. Butador erkak, ayol, bolalar kiyimlari, mayda zardo’zi buyumlarni bezashda qo’llaniladi.