BUTILASETAT

BUTILASETAT — sirka kislotaning butil efiri, efir hidi keladigan rangsiz suyuqlik. 4 ta izomeri ma’lum; ulardan normal Butilasetat SN/SN^ososn, bilan izobutilasetat (SN3)2SNSN2OSOSN3 ko’proq tarqalgan. Qaynash temperaturasi 126,1′ (normal Butilasetat) va 118° (izobutilasetat). Zichligi 881 kg/m3 (normal Butilasetat), 858 kg/m3 (izobutilasetat). Butilasetat murakkab efirlarning barcha xossalarini namoyon qiladi. Butilasetat suvda oz, organik erituvchilarda esa yaxshi eriydi. Butilasetat butil spirt bilan sirka kislotani sulfat kislota ishtirokida qizdirish yo’li bilan olinadi. Butilasetat bug’ining havo bilan aralashmasi portlaydi. Butilasetat sanoatda nitro, etil va atsetilsellyuloza, lokbo’yoq, o’simlik moyi, kauchuklar uchun erituvchi sifatida ishlatiladi.