BUXGALTERIYA

BUXGALTERIYA — buxgalteriya hisobini tashkil etadigan va yuritadigan hisob apparati. Buxgalteriya korxonaning mustaqil tarkibiy bo’limi bo’lib, boshqa bo’limlar (xizmatlar) tarkibiga kirmaydi. Buxgalteriyani bosh buxgalter boshqaradi, agar shtatda bosh buxgalter lavozimi bo’lmasa, katta buxgalter boshqaradi. Bosh buxgalter qanday huquq va majburiyatlarga ega bo’lsa, katta buxgalter ham shunday huquq va majburiyatlarga ega. Buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va buxgalterning huquq va burchlari 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to’g’risida’ gi Qonun bilan belgilangan.