BUXGALTERIYA HISOBOTINING TAQDIM ETISH SANASI

BUXGALTERIYA HISOBOTINING TAQDIM ETISH SANASI – iqtisodiy subyektning buxgalteriya hisobotini uning mulkdoriga taqdim etish kuni va aloqa tashkilotining shtempelinida belgilangan jo’natish sanasi. Mulkdorlarga taqdim etish deganda, quyidagi 4 sanalardan ilgarirog’i tushuniladi; a) buxgalteriya hisobotini ta’sischilarga, ishtirokchilarga, ta’sis hujjatlariga binoan yuritish ishtirokchilariga taqdim etish sanasi; b) iqtisodiy subyektni ro’yxatdan o’tkazish joyidagi hududiy statistika organlariga buxgalteriya hisobotini taqdim etish sanasi; v) buxgalteriya hisobotining qonunchilikka binoan boshqa manzilga taqdim etish sanasi; g) buxgalteriya hisobotining e’lon qilinish sanasi.