BUXORIY SHAMSIDDIN MUHAMMAD IBN MUBORAKSHOH MIRAX

BUXORIY SHAMSIDDIN MUHAMMAD IBN MUBORAKSHOH MIRAX (?, Buxoro — 1340) — riyoziyotchi va falakiyotshunos, faylasuf. Hirotda ijod qilgan. Buxoriyning «Zij» nomli asari mashhur. Unda al Battoniy Ziji, Abdurahmon alxaziniyning «Ziji assanjariy», Ali ibn Abdul Karim Shirvoniy (12- asr o’rtalari) ning «Alauddin Ziji», Xusomiddin assalar (? — 1262) ning «Ziji shohi», N. Tusiyimning «Ziji Elxoniy» asarlari haqida qimmatli ma’lumotlar bor. Riyoziyotchi olim Shamsiddin Samarqandiy (13-asrning 2-yarmi) ning «Geometriya asoslari» («Ashkol atta’sis») asariga, Buxoriy Chag’miniy (? — 1220) ning «Astronomiyaning sekacha bayoni» asariga sharh yozgan. Buxoriyning ilmi nujum (astrolyabiya) haqida asari ham mavjud. Asarlari Angliya, Vengriya, Germaniya, Rossiya, Misr, Hindiston, Eron va boshqa mamlakatlarning qo’lyozma fondlarida saqlanadi. Ad.: Matvievskaya G. P., Rozenfeld B. A., Matematiki i astronomi musulmanskogo srednevekovya i IX Trudi (VIII—XVII vv.), M., 1983.