BUXORO ILMIY JAMIYATI

BUXORO ILMIY JAMIYATI — BXSRda tashkil etilgan jamiyat (1921). O’lkadagi qadimgi obidalarni muhofaza qilish, xalq amaliy san’atini rivojlantirish, fan tarixiga oid qo’lyozmalarni yig’ish, arxeologik ashyolar va xalq og’zaki ijodi namunalarini to’plab tadqiq etish kabi ishlar bilan shug’ullangan. Olim, yozuvchi va ma’rifatparvarlardan Abdurauf Fitrat, Otajon Payrov Sulaymoniy, Abdulvohid Burhonov (Munzim), Sadriddin Ayniy, Salimbek Salimiy, Shchpifjon Maxdum (Sadr Ziyo), Ahmadjon Hamdiy, Musajon Saidjonov, Yo’dtsoshqori Po’latov, Siddiqxon (Xashmat) (1885-1910 yillarda Buxoro amiri bo’lgan Amir Abdulahadning ukasi) jamiyat a’zolari bo’lishgan. Buxoro ilmiy jamiyati ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etgan. Buxorodagi 3 shaxsiy kutubxonada saqdangan sharqshunoslik, tarix, adabiyotga oid qo’lyozma kitoblarni to’plagan. Birgina Sharifjon Maxdum kutubxonasidan 300 jildga yaqin fors-tojik va turkiy tillardagi noyob qo’lyozma asarlar ro’yxatga olingan. Jamiyat to’plagan qo’lyozma asarlar orasida tarixchi Iarshaxiynnt «Ta’rixi Buxoro» («Buxoro tarixi»), Ahmad Donishning «Navodirulvaqoe» («Nodir voqealar») asarlari bor. Jamiyatning «Anjumani tarix» bo’limi «Buxoro arki tarixining qo’lyozmasi» kitobini tayyorlagan. Buxoro ilmiy jamiyati to’plagan materiallar O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondida saqlanadi. Shodmon Hayitov.