BUY

BUY (gollandcha boei) — ma’lum shakl va rangli suzib yuruvchi belgi (qalqovuch) yoki belgilar. Kemalar qatnovi xavfli joylarni o’rash uchun ishlatiladi. Unda yorug’lik, tovush yoki radiosignallar berish qurilmasi bo’lishi mumkin. Buy belgilari bir-biriga bog’lab qo’yiladi, oйib ketmasligi uchun qirg’oqqa yoki suv tubiga zanjir bilan mahkamlanadi. Suv ostida qandaydir narsa (masalan, yakor, baliq ovlash to’ri va boshqalar) borligini bildirish uchun ham Buy o’rnatiladi.