BUYUK TEKISLIKLAR

BUYUK TEKISLIKLAR — tog’ oldi platosi, shimoliy Amerikaning Sharqiy Kordilera tog’lariga tutashib ketgan, AQSh va Kanada hududida. Janubi sharqdan shimoli g’arbga 29° shu kabilardan 62° shu kabilargacha 3600 kilometr uzunlikka cho’zilgan, kengligi 550-800 kilometr. Geologik jihatdan shimoliy Amerika (Kanada) platformasining chekka qismi. Kristall jinslar, ohaktosh, qumtosh va lyosslar bilan qoplangan. Balandligi Sharqda 500 metrdan g’arbda 1700 metrgacha. Janubda karst rivojlangan. Jarliklar Buyuk tekisliklarni alohida qismlarga ajratib yuborgan: Eduarde platosi, LyanoEstakado, Buyuk tekisliklar va Missuri. Buyuk tekisliklar neft, toshko’mir va qo’ng’ir ko’mirga, tabiiy gaz va osh tuziga boy. Iqlimi kontinental, shimolda mo’tadil, Janubda subtropik iqlim. Yanvarning o’rtacha temperaturasi shimolda -28°, Janubda 12°, iyulniki shimolda 13°, Janubda 28°. Yillik yog’in 250-600 millimetr. Daryolari kamsuv, tez oqadi. Yirik daryolari — Missuri, Platt, Arkanzas, Kolorado, Pekos; sug’orishda keng foydalaniladi. Tuprog’i kashtan, qo’ng’iro’rmon qora tuproq. Tabiiy o’simligi asosan dasht va o’rmondasht o’simliklari, Janubda alohida savannalar uchraydi. Qishloq xo’jaligida asosan yaylov chorvachiligi rivojlangan, sugoriladigan yerlarda paxta, qand lavlagi, kartoshka kabi ekinlar yetishtiriladi.