Buyuruq

Buyuruq (turkcha buyur+uq)-Turk xoqonligi (552-744), qoraxoniylar davrida bosh vazirlik mansabi. Hukmdor devonida bu lavozimni faqat bir shaxsgina egallab turgan. Buyuruq harbiy harakatlarda ham qatnashan va yirik askariy qismlarga sarkardalik qilgan. Vazir istilohi keng ommalashgani tufayli, Buyuruq XII asrdan arxaik so’zlar qatoridan o’rin olgan.