Buzuq yer
Buzuq yer — foydalanish uchun yaroqsiz, o`r-qir, yer bedlend. Buzuq yer asosan suv o`tkazmaydigan lyoss, lyossimon gil, gil jinslarni suv yuvib ketishidan paydo bo`ladi. Ba’zan yurib bo`lmaydigan tik yon bag`ir ham buzuq yer deyiladi. O`zbekistonda Surxondaryo viloyatining Boysun, Sherobod tumanlarida, Samarqand viloyatidagi Oqtog`ning janubiy yon bag`rida. Turkmanistonda Kopetdog`ning g`arbiy yonbag`rida uchraydi.