BXUBANESHVAR

BXUBANESHVAR — Hindistondagi shahar, Mahanadi daryosi deltasida, Orissa shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 412 mingdan ziyod kishi (1990- yillar o’rtalari). Shahar ilk bor 5-asrda qayd qilingan. Zamonaviy uy-joy binolari (1948-56 yillar, Le Korbyuze loyihasi asosida) qurilgan. 500 ga yaqin ibodatxona, asosan hindular ibodatxonalari (11 —13-asrlar) bor.