BYORNSON (BJORNSON) BYORNSTERNE MARTINIUS

BYORNSON (BJORNSON) BYORNSTERNE MARTINIUS (1832.8.12, Kvikne—1910. 26.4, Parij) — norveg yozuvchisi, jamoat va teatr arbobi. Norveg milliy dramaturgiyasi va adabiy tanqidchiligi asoschisi. Bergendagi norveg teatri (1857-58) va Kristianiya teatri (1865-67) ga rahbarlik qilgan. Tarixiy ijtimoiy dramalar («Janglar orasida», 1858; «Yovuz Sigurd», 1862; «Mariya Styuart, Shotlandiya qirolichasi», 1864; «Irodamizdan tashqari», 1883-95), povest («Syunneve Sulbakken», 1857; «Baliqchi ayol», 1868 va boshqalar), she’rlar, shu jumladan Norvegiya gimni muallifi. Nobel mukofoti laureati (1903).