BYUDJETDAN TASHQARI JAMG’ARMALAR
BYUDJETDAN TASHQARI JAMG’ARMALAR — davlatning davlat byudjetiga kiritmaydigan va aniq maqsadlarga mo’ljallangan pul mablag’lari. O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tish jarayonida moliyabyudjet tizimining takomillashtirilishi byudjetdan tashqari jamg’armalar tarkibini shakllantirdi. Bularga, masalan, davlat pensiya jamg’armasi, bandlikka yordam jamg’armasi, davlat sug’urta jamg’armasi va boshqalar kiradi.