BYUKENEN (BUCHANAN) JEYMS MAKL-GIl

BYUKENEN (BUCHANAN) JEYMS MAKL-GIl (1919.2.10) — Amerika iqtisodchisi. 1948 yilda doktorlik ilmiy darajasini olgan. Byukenen narx belgilash jarayoniga katta e’tibor qaratib, iqtisodiy taraqqiyotda narx omillari muhim o’rin tutishini ta’kidladi. Byukenenning fikriga ko’ra, ishlab chiqarish va narxni hukumat tomonidan nazorat qilinishiga favqulodda hollardagina yo’l qo’yilishi lozim, lekin ayni paytda erkin tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash yo’lida iqtisodiyot ishlariga davlatning aralashuvini kuchaytirishni yoqlaydi. Byukenen ijtimoiy tanlov nazariyasi asoschisi. Moliyaviy masalalarga oid qator monografiyalar muallifi. Nobel mukofoti laureati (1986).