Akarologiya
Akarologiya – zoologiyaning kanalarni o’rganuvchi bo’limi. Qishloq xo’jalik, veterinariya va meditsina akarologiyasiga bo’linadi.
Akarologiya – zoologiyaning kanalarni o’rganuvchi bo’limi. Qishloq xo’jalik, veterinariya va meditsina akarologiyasiga bo’linadi.
Akaritsid — kanalarni o’ldiruvchi kimyoviy moddalar.
Akarioz — kanalar vositasida vjudga keluvchi kasalliklar.
Ajriq — ko’p yillik ildizpoyaga ega o’simlik. Ekinlar uchun xavfli begonа o’t.
Ajraluvchi kurtak — o’simlikdan ajralib tushib, xuddi shunday mustaqil o’simlik hosil qiluvchi maxsus kurtak.
Agroindustriya, industrial qishloq xo’jaligi — o’simlik yoki chorva mahsulotlarini yetishtirishda mexanizatsiyalash, kimyolashtirish va qisman avtomatlashtirishga asoslangan, jadal, ko’p tarmoqli qishloq xo’jaligi.
Agrofitosenoz — sun’iy yaratilgan o’simliklar jamoasi; odam ekib yoki ko’chat qilish yo’li bilan hosil qiladi.
Agrobiosenoz — qishloq xo’jalik ekinlari ekiladigan maydonlarda yashovchi organizmlar va ular orasidagi o’zaro munosabatlar yig’indisi
Agrobiogeosenoz — qishloq xo’jalik mahsulotlarini beruvchi sun’iy уагаtilgan biotik uyushmadan bo’lgan noturg’un biogeosenoz. Agrobiogeosenoz inson tomonidan doimo qo’llab-quvvatlangandagina uzoq yashash qobiliyatiga ega bo’ladi.
Agonistlar — ma’lum harakatni bajarishga ta’sir qiluvchi muskullar.