Kasallikka moyillik
Kasallikka moyillik — o’simlik, hayvon va odam organizmining kasallikka qarshilik ko’rsata olmaslik хususiyati. Вu — organizmning o’ziga xos xususiyati va agentlarning kasallik tug’dirish darajasiga bog’liq.
Kasallikka moyillik — o’simlik, hayvon va odam organizmining kasallikka qarshilik ko’rsata olmaslik хususiyati. Вu — organizmning o’ziga xos xususiyati va agentlarning kasallik tug’dirish darajasiga bog’liq.
Kastratsiya (gullar), gullarni bichish — o’simlik gullarining yetilmagan changdonlarini sun’iy ravishda uzib tashlash. Bunda o’zidan changlanish jarayoni yuz bermaydi.
Karpsimonlar, zog’ora baliqlar-suyakli baliqlar turkumi.
Karotinoidlar — asosan o’simliklar va ba’zi hayvonlarda uchraydigan sariq, zarg’aldoq yoki qizil tusli yog’da eriydigan pigmentlar; ba’zi bakteriyalar va zamburug’lar ham sintezlaydi.
Karotinlar — sarg’ish-pushti tusli, asosan yashil o’simliklarda hosil bo’ladigan karotinoidlarga mansub pigment. Sabzi va na’matak mevasida ko’p.
Kariotip — ma’lum turga marisub xromosomalar diploid to’plami belgilarining (soni, kattaligi, shakli) majmui. Bir organizm hujayralaridagi kariotipning doimiyligi mitoz bilan, tur doirasida esa meyoz bilan ta’minlanadi. Kariotipni aniqlashda kariogrammadan foydalaniladi.
Karioplazma — Yadro plazmasi, yadro shirasi — xromatin iplar, yadrocha va boshqa ko’pgina yadro tuzilishlari oralig’ini to’ldiruvchi modda.
Kariologiya — hujayra yadrosining tuzilishi vazifasi, evolutsiyasi, хrоmоsomalar to’plami va boshqalarni o’rganadigan sitologiya bo’limi.
Kariokinez — hujayra yadrosining noto’g’ri bo’linishi. Mitozning eskirgan nomi.
Kariogramma — bir hujayra хrоmosoma to’plamining grafik tasvirini tuzish; xromosoma tuzilishlarini o’rganishda qo’llanadi. Tibbiyotda shunga asosan xromosomalar kasalligi aniqlanadi.