Korti organi
Korti organi — sut emizuvchilar eshitish tizimining tovush qabul qiluvchi qismi, tovush to’lqinini asab qo’zg’alishlariga aylantirib beradi. Quloq chig’anog’ida joylashgan. Italуаn gistologi А. Когti kashf etgan.
Korti organi — sut emizuvchilar eshitish tizimining tovush qabul qiluvchi qismi, tovush to’lqinini asab qo’zg’alishlariga aylantirib beradi. Quloq chig’anog’ida joylashgan. Italуаn gistologi А. Когti kashf etgan.
Kormofitlar, bargpoyali o’simliklar — tanasi роуа, barg va ildizlarga differensiyalangan yuksak o’simliklar.
Korrelatsiya, о’zаrо munosabat — organizm hаr хil belgilarining o’zaro munosabati. Bu — organizm ichki muhitining doimiyligini saqlashga imkon beradi va uning tashqi sharoitga moslashuvini ta’minlaydi.
Kormobiont — Po’stloqda yashovchi — daraxt va butalar po’stlog’i yoki to’ngagida yashaydigan organizmlar.
Kopulatsiya, qo’shilish – jinsiy aloqa shakli, bunda ko’p hujayralilarning gametalari yoki eng soddalilarining gaploid hujayralari bir-biriga qo’shilib, zigota hosil qiladi.
Koprofillar, chiqindisevarlar, chiqindida o’suvchilar — go’ng to’plamlarida rivojlanadigan zamburug’larning ekologik guruhi.
Koprofaglar, chiqindixo’rlar — asosan sut emizuvchilarning ekskrementlari (chiqindilari) bilan oziqlanadigan hayvonlar.
Konversiya, fagli konversiya, о’zgarish — bakteriofag bilan zararlanganda bakteriya hujayrasi belgilarining o’zgarishi.
Konvergensiya — O’xshash belgilar — bir xil tashqi muhit sharoitlarida yashaydigan turli xil organizmlarda o’xshash belgilarning hosil bo’lishi.
Konsumentlar, iste’molchilar — fotosintetik va xemosintetik organizmlar hosil qilgan organik birikmalar bilan oziqlanuvchi bir trofik zanjirdagi organizmlar.