Kollenxima — Yelimshiq to’qima
Kollenxima — Yelimshiq to’qima — ikki pallali o’simliklarning birlamchi tayanch (mexanik) to’qimasi. Yosh o’suvchi a’zolar elastikligi va mustahkamligini ta ‘minlaydi.
Kollenxima — Yelimshiq to’qima — ikki pallali o’simliklarning birlamchi tayanch (mexanik) to’qimasi. Yosh o’suvchi a’zolar elastikligi va mustahkamligini ta ‘minlaydi.
Kolleksiya, to’plam — o’simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, tuproq va boshqalarning ilmiy yoki amaliy maqsadlarda tartibga solingan majmui.
Kollaterallar — umurtqali hayvonlar qon tomirlarining yonbosh shoxlari. Asosiy tomirlar ishtirokisiz qonning kelishi yoki qaytib ketishini ta’minlaydi.
Kollagen — Yelimshiq oqsil — biriktiruvchi to’qimadagi kollagen tolalar asosini tashkil qilib, uning mustahkamligini ta’minlaydigan uzun tolali oqsil. Suyak, рау, tog’ay, teri va boshqa to’qimalarda uchraydi.
Koleoriza — Ildizparda – asosan g’alla o’simliklari murtak ildizini о’rаb turuvchi parda.
Koleoptil — Naycha barg — g’alladoshlarning yerdan endigina unib chiqqan rangsiz, yashil yoki qizg’ish birinchi naychasimon yoki qinsimon bargi. Haqiqiy barglardan farqli каvishda barg plastinkasiga ega emas.
Kokklar, donador bakteriyalar — sharsimon bakteriyalar turi.
Kokarboksilaza, tiaminditostat — vitamin B.ning pirofosforli efiri. Odam va hayvon organizmida glukozaning parchalanishida muhim ahamiyatga ega, piruvatdekarboksilaza fermentining kofermenti.
Kofermentlar, koenzimlar — ba’zi fermentlar fаоl markazining tarkibiga kiruvchi oqsil bo’lmagan organik birikmalar. Ko’pchilik kofermentlar vitaminlar hosilasidir.
Kofein — kofe daraxti urug’i, choy bargi tarkibida uchraydigan alkaloid; purin hosilasi.