OLTIN BILAN TA’MINLASH
OLTIN BILAN TA’MINLASH — olingan majburiyatning bajarilishini ta’minlash uchun oltin zaxirasi ko’rinishidagi garov narsalari. Masalan, zayom, kredit, shartnomaning oltin bilan ta’minlanganligi.
OLTIN BILAN TA’MINLASH — olingan majburiyatning bajarilishini ta’minlash uchun oltin zaxirasi ko’rinishidagi garov narsalari. Masalan, zayom, kredit, shartnomaning oltin bilan ta’minlanganligi.
OLTIN ANDOZA — oltinning pul tovari sifatida tayyorlanishga asoslangan shakli bo’lib, pul-valyuta munosabatlarini tashkil qilishda ishlatiladi.
OLIY TA’LIMNING DAVLAT TA’LIM STANDARTI — muayyan ta’lim sohasiga (soha tarkibiga) qo‘yiladigan malaka talablari, ta’lim mazmun, bitiruvchilar umumiy tayyorgarligining zaruriy va yetarli darajasi, kadrlar tayyorlash sifatini baholash darajalarini belgilaydigan etalon … Read More
OLIY TA’LIM YO’NALISHLARI VA MUTAXASSISLIKLARI KLASSIFIKATORI — oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash uchun bakalavriat ta’limi yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro’yxati.
OLIY MA’LUMOT DARAJASI — shaxs tomonidan oliy ta’limning muayyan o’quv rejalari va fanlar dasturini mazkur ma’lumot haqida tegishli davlat hujjati berilgan holda, o’zlashtirilishi natijasi.
OLIY KATEGORIYALI TOVAR — daromad oshganda talab oshib ketadigan tovarlar.
OLIGARXIYA — bir to’da shaxslarning yoki guruhlarning (boylar, harbiylarning) siyosiy va iqtisodiy xukmronligi bo’lgan tuzum.
OLIY TA’LIM MUASSASASI AKKREDITATSIYASI — oliy ta’lim muassasasi faoliyati darajasining ОТ DTS mezon va talablariga javob berishining davlat tomonidan e’tirof etilishi.
OLIY TA’LIM MUASSASASI ATTESTATSIYASI — oliy ta’lim muassasasida kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining ОТ DTS talablariga muvofiqligini aniqlovchi tadbir.
OLIY TA’LIM — uzluksiz ta’limning yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi mustaqil turi. Oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Oliy ta’lim ikki bosqichdan iborat: bakalavriat va magistratura.