Bazidiosporalar
Bazidiosporalar — zamburug’lar bazidiyasida hosil bo’ladigan sporalar. Odatda, har bir bazidiyada to’rttadan spora rivojlanadi.
Bazidiosporalar — zamburug’lar bazidiyasida hosil bo’ladigan sporalar. Odatda, har bir bazidiyada to’rttadan spora rivojlanadi.
Biogen stimulyatorlar – hayvon va o’simlik to’qimalarida noqulay sharoitga moslashish davomida hosil bo’ladigan biologik faol moddalar; organizm me’yorli funksiyasini tiklashga yordam qiladi.
Biogen elementlar – organizm tarkibida doimo uchraydigan va mа’lum biologik ahamiyatga ega kimyoviy element1ar (uglerod, vodorod, kislorod, azot, fosfor va boshqalar).
Biogelmintlar — tuxumdan chiqqan qurti lichinkasi) oraliq xo’jayin (odam yoki hayvonlar)da parazitlik qilib, voyaga yetgach, asosiy xo’jayinga o’tuvchi parazit chuvalchanglarning umumiy nomi. Bularga trematodalar, sestodalar va ayrim nematodalar misol bo’ladi.
Biogaz — qishloq xo’jaligi va turmush chiqindilarini qayta ishlash natijasida hosil bo’ladigan karbonat angidrid hamda metan gazining aralashmasi.
Biofizika — bir butun organizm, hujayra, to’qima, organlardagi fizik va fizik-kimyoviy xossalarni, biologik hodisalardagi fizik qonuniyatlarni, turli хil fizik omillarning tirik sistemalarga ta’sirini o’rganadigan fan.
Biofiltratsiya — sanoat korxonalari, chorva qarorgohlari yoki shaharlardan chiqadigan oqava suvni biologik уо’l bilаn tozalash.
Biofabrika — biologik qarshi kurash olib borish maqsadida foydali hasharotlar yoki boshqa biologik vositalarni ko’p miqdorda yetishtirib beradigan muassasa.
Bioelektrik potensiallar – tirik organizmlar hujayra va to’qimalarida yuzaga keladigan elektr potensiallari. Hayvon va odamda qo’zg’alish hamda tormozlanish, o’simliklarda ta’sirlanish jarayonlarida muhim ahamiyatga ega.
Bioenergetika — molekulyar biоlogiyaning bir bo’limi; tirik огgаnizmlar hayot faoltyati davomtda energiya aylanish mexanizmi, to’planishi va sarflanish jarayonlarini o’rganadi.