EKSPORT RESURSLARI
EKSPORT RESURSLARI — tashqi bozorga chiqarish uchun mo’ljallangan mahsulot, xizmatlar, alohida ish turlari moliyaviy vositalar.
EKSPORT RESURSLARI — tashqi bozorga chiqarish uchun mo’ljallangan mahsulot, xizmatlar, alohida ish turlari moliyaviy vositalar.
EKSTRADITSIYA (fr. extradition, dan, lot. ex – tashqaridan va traditio – uzatish) — jinoyat sodir etgan shaxsni boshqa bir davlat tomonidan olib kelish uchun uni berilishi. Mazkur jarayon o’zaro ekstraditsiya … Read More
EKSPLUATATSIYA (fr. exploitation) — ishlab chiqarish vositalari egasining boshqalar mehnati mahsulini o’ziniki qilib olishi.
EKSPERTOKRATIYA (lot. expertu.s – tajribali) — oliy hokimiyat sohalarida shug’ullanuvchi yuqori malakali mutaxassislar – ekspertlar ta‘sirining o’sishi, ularning hukmronligi.
EKSPERTIZA — muayyan masalaning mutaxassislar tomonidan tekshirilishi, hal etilishi.
EKSPERT (lot. tajribali) — muayyan masala yuzasidan eksperiza oэtkazish uchun taklif qilingan mutaxassis.
EKSPANSIONIZM — xorijiy hududlarni va bozorlarni qo’lga kiritishdagi agressiv siyosat. Boshlang’ich imkoniyatlar uchun iloji boricha harakatlarni kengaytirishga qaratilgan bosqinchilik siyosati.
EKONOMOKRATIYA (yun. ekonomike – xo’jalik boshqaruvi va kratus hokimiyat) — iqtisodiyot va iqtisodchilar ta‘sir kuchining yuqorililigi, ularning jamiyatdagi hukmronligi.
EKOLOGIK XAVF — inson faoliyati, texnogen omillarning ta‘siri, tabiiy va antropogen avariyalar va kulfatlar, harbiy nizolar va boshqalar natijasida tabiiy atrof-muhit uchun salbiy oqibatlarning yuzaga kelish imkoniyati.
EKOLOGIK TANGLIK — insonlar jamiyatining tabiatni o’zgartirishdagi ulkan imkoniyatlarga ega bo’lishi bilan ekosferadagi barqarorligini qayta ta‘minlash jarayonlar o’rtasidagi ziddiyatning namoyon bo’lishi.