Proteinogen aminokislotalar
Proteinogen aminokislotalar — faqat oqsil tarkibida uchraydigan aminokislotalar bo’lib, ular 20-22 ta.
Proteinogen aminokislotalar — faqat oqsil tarkibida uchraydigan aminokislotalar bo’lib, ular 20-22 ta.
Pnevmatoforlar — Havo ildizlari — suvda va botqoqli joylarda o’sadigan o’simliklarning nafas oluvchi ildizlari.
Plushch — araliyadoshlarga mansub doim yashil, so’rg’ichildizli, yog’ochlangan tanali lianalar.
Рlumulа — Kurtakchi — urug’dagi murtak poyaning birinchi kurtagi.
Pleyston — suvning yuza qismida erkin qalqib yuruvchi yoki bir oz suvga botib yashovchi organizmlar majmui. Bularga suv o’simliklaridan salviniya, baqato’n, hayvonlardan aktiniya, sifonoforalar kiradi.
Pleyoxaziy — Soxta soyabon — soyabonsimon to’pgul. Gul bilan tugaydigan o’qqa va уаnа o’zidan uzunroq bo’lgan ikkitadan ortiq o’qlarga ega to’pgul (masalan, sutlamalarda).
Pleyotropiya — bir genning har xil belgilarga ta’siri. Bunda biron-bir genning alleli asosiy belgi bilan birga уапа qator boshqa belgilar rivojlanishiga ham ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Plevra, kulrang parda — o’pka va ko’krak bo’shlig’i devorini о’гаb turadigan ko’kimtir, kulrang parda.
Plazmosoma – sitoplazmaning tuzilish birligi.
Plazmolemma – protoplazmaning tashqi membranasi bo’lib, uni hujayra qobig’idan ajratib turadi.