Tuzga chidamlilik
Tuzga chidamlilik — o’simliklarning tuproq va ozuqa sho’riga (karbonatli, sulfatli, xloridli tuzlarning yuqori konsentratsiyasiga) chidamliligi.
Tuzga chidamlilik — o’simliklarning tuproq va ozuqa sho’riga (karbonatli, sulfatli, xloridli tuzlarning yuqori konsentratsiyasiga) chidamliligi.
Tuyoqlilar — sut emizuvchi hayvonlarning katta turkumi: juft va toq tuyoqlilari bo’ladi.
Tuyalar — juft tuyoqli hayvonlar turkumi. Hozirgi kunda ikki turi mavjud: bir o’rkachli (dromedalar) va ikki o’rkachli.
Tuxum sarig’i, deytoplazma — tuxumda to’plangan jamg’arma ozuqa moddalar.
Turgor, tarang holat — hujayra sitoplazmasining bosimi ortishi bilап po’stining taranglashishi.
Tur hosil bo’lishi – populatsiyaning adaptiv (moslashuv) o’zgarishlari asosida yangi turlarning hosil bo’lish jarayoni. Uning yetakchi omili tabiiy tanlanishdir.
Tur — tashqi va ichki tuzilishi, genetik va fiziologik xususiyatlari o’xshash bo’lgan, tabiiy sharoitda o’zaro chatishib serpusht nasl beruvchi, ma’lum arealga ega tirik organizmlar majmui; sistematikada asosiy taksonomik birlik.
Tuproqshunoslik – tuproqning paydo bo’lishi, rivojlanishi, geografik tarqalishi va unumdorligini har tomonlama o’rganuvchi fаn. Tuproqshunoslik ayniqsa qishloq va о’rmоn xo’jaligida muhim ahamiyatga ega.
Tuproqxo’r — tuproqni yutib, undagi mayda tirik organizmlar, chala parchalangan organik birikmalar hisobiga ovqatlanuvchi suv hayvonlari.
Tuproqning sho’rlanishi – tuproqda oson eriydigan tuzlar miqdorining ko’payishi.