Tarakanlar
Tarakanlar, suvaraksimonlar — hasharotlar turkumi. Aholi yashaydigan joy bilan ekologik bog’liq. Mo’tadil уа issiq iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan.
Tarakanlar, suvaraksimonlar — hasharotlar turkumi. Aholi yashaydigan joy bilan ekologik bog’liq. Mo’tadil уа issiq iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan.
Tashqi muhit — fizik, kimyoviy, biologik xususiyatlar hamda ijtimoiy отillаг yig’indisi bo’lib, tirik organizmga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko’rsatadi.
Tapetum, ichki parda – changdon уа sporangiyning chang donachalari hosil qiladigan ichki, bir qavat hujayralardan iborat pardasi.
Tanosil tizim — odam hamda hayvonlarda jinsiy уа ajratish a’zolarining majmui.
Tanninlar — dubil moddalar.
Tayoqchalar — ko’z to’rpardasidagi fotoretseptor hujayralar. Yorug’lik sezuvchi oqsil majmualari vа ko’rish pigmentlaridan iborat.
Teleologiya — tabiatda azaliy maqsadga muvofiqlik mavjudligi haqidagi ta’limot.
Telergonlar — hayvonlar ajratadigan moddalar; ular mazkur turga mansub (feromonlar) yoki boshqa tur organizmlariga ta’sir qiladi (kayromonlar, allomonlar).
Teloblastlar — birlamchi og’izli hayvonlar embrionining ichki (endoderma) уа tashqi (ekdoderma) qatlamlari o’rtasida joylashib, mezodermа qatlamiga asos soluvchi hujayralar.
Telofaza, so’nggi faza – hujayra mitoz bo’linishining to’rtinchi oxirgi bosqichi; bu davrda xromosomalar atrofida yadro qobig’i shakllanadi уа yangi hosil bo’lgan hujayralar to’liq ajraladi.