ABSTRAKT SAN’AT

ABSTRAKT SAN’AT (lot Abstractus — mavhum), abstraktsionizm —tasviriy san’atdagi oqim. Rangtasvir, haykaltaroshlik, grafikada asosan real narsa va hodisalarni tasvirlashni rad etadi. 20 asr 10-yillarida Yevropa mamlakatlarida vujudga kelib, 40-yillarning oxiri … Read More

ABSTRAKT MEHNAT

ABSTRAKT MEHNAT — tovar ishlab chiqaruvchilarning, umuman insonning ish kuchi (fiziologik energiya) sarflashida namoyon bo’ladigan, tovar qiymatini yaratadigan mehnat.

ABSTINENTSIYA

ABSTINENTSIYA (lotincha abstinentia — o’zini tiyish) — kishi doimiy o’rganib qolgan narsasi (spirtli ichimliklar ichish, narkotik moddalar qabul qilish, jinsiy aloqa qilish) dan voz kechganda kuzatiladigan xumorlik (tushkunlikka tushish, kayfiyatning … Read More

ABSORBTSIYA

ABSORBTSIYA (lotincha absorbtio — yutilish, absorbeo — yutayapman so’zidan) — eritma yoki gaz aralashmasidagi modda (absorbat)larning qattiq jism yoki suyuqlik (absorbent) larga hajmiy yutilishi. Gazlarning suyuqliklarga Absorbtsiyalanishidan neftni qayta ishlash, … Read More

ABSORBER

ABSORBER — absorbtsiya jarayoni amalga oshiriladigan uskunaning asosiy apparati. Unda gazlardagi moddalar (shu jumladan zararli moddalar) suyuqlikka yutiladi. Kimyo sanoatida, kosmik kemalarning hayotni ta’minlash tizimlari va boshqalarda qo’llaniladi.

ABSENTEIZM

ABSENTEIZM (lotincha absentia — qatnashmaslik, bosh tortish) — 1) saylovchilarning vakillik organlari yoki mansabdor shaxslarni saylashda, yig’ilishlarda va hokazolada qatnashishdan bosh tortishi; aholining o’z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishga befarq qarashi. … Read More

ABRUY QO’ZG’OLONI

ABRUY QO’ZG’OLONI — 6-asrning 80-yillarida mahalliy tabaqa — dehqonlarga va savdo aristokratiyasiga qarshi quyi Sug’d (hozirgi Buxoro viloyati) aholisi kambag’al tabaqasining ko’targan qo’zg’oloni. Qo’zg’olonga Abruy boshchilik qilgan. 10-asrda yashagan Buxoro … Read More

ABRUY

ABRUY (unvoni; qadimgi turkcha ala, xitoycha Abo — katta ma’nosida, asl ismi — To’ramon) (? — taxm. 585, Poykend) — kadivarlar qo’zg’oloni rahbari. Ba’zi tarixchilarning fikricha, turk xoqoni Mug’on (Muqon) … Read More