AFIDOFAGLAR haqida eshitganmisiz?

AFIDOFAGLAR (lotincha aphis — o’simlik biti va Yunoncha phagos — yeyuvchi) — asosan bitlar bilan oziqlanib yashovchi yirtqich va parazit hasharotlar turkumi. O’simliklarni himoya qilishning biologik usullarida keng qo’llanadi.

AFZALXON XATTAK kim bo’lgan?

AFZALXON XATTAK (1687-1748) — afg’on tarixchisi va shoiri. Xattaklar avlodidan. Pushtu tilida ijod etgan. Xushholxon Xattakning nabirasi. Otasi Ashrafxon hijriy vafotidan keyin xattaklar xonligiga boshliq qilib tayinlangan. O’zining «Tarixi murassa’» … Read More

AFARUN degan hokim haqida eshitganmisiz?

AFARUN — ilk o’rta asrlarda Sug’d podsholigining Panch (Panjikent) viloyat hokimligiga qarashli ma’muriy hududlardan birining hokimi. Movarounnahrda Arab futuhotlari davrida Panch hokimi Devashtichga yaqindan yordam berib turgan nufuzli shaxs.

AFANIZOMENON haqida bilasizmi?

AFANIZOMENON (Aphanizomenon Mogg) — ko’k-yashil suvo’tlar bo’limining bir turkumi. Chuchuk suvlarda ko’p uchraydi. O’rta Osiyo suv havzalarida 4 ta turi bor. Afanizomenon ba’zan suvning «gullashi»ga sabab bo’ladi.

AFANASEVA ZINAIDA IVANOVNA kim bo’lgan?

AFANASEVA ZINAIDA IVANOVNA (1907.26.9, Sankt-Peterburg — 1975.8.8, Toshkent) — balet o’qituvchisi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1955). 1919-25 yillarda Leningrad xoreografiya bilim yurtida, shuningdek uning pedagoglar tayyorlaydigan bo’limida o’qigan. 1942-46 … Read More