ARISTOKSEN

ARISTOKSEN (Aristoksenos) (miloddan avvalgi 354, Tarent — taxminan 300) — yunon musiqa nazariyotchisi. Aristotelning shogirdi. Uch kitobdan iborat «Garmonika» asari, «Ritmika»sidan parchalar bizgacha yetib kelgan. Tanqidiy o’zlashtirilgan Pifagor ta’limoti bilan … Read More

ARISTOKRATIYA

ARISTOKRATIYA (Yunoncha aristokratia — yaxshilar hukmronligi) — 1) iqtisodiy hukmron sinf, zodagonlarning siyosiy hokimiyati, hukmronligi. Aristokratiya birinchi marta antik davrning mashhur mutafakkirlari — Aristotel, Platon tomonidan quldorlik davlat tuzumini idora … Read More

ARISTIPP

ARISTIPP (Aristippos) (miloddan avvalgi 5-asr 2-yarmi — 4-asr boshi) — yunon faylasufi, Sokratning shogirdi, Kiren maktabining asoschisi. Gedonizm asoschilaridan biri. Aristipp hayotning oliy maqsadi xursandchilikda deb bilgan, lekin uning fikricha, … Read More

ARISTID

ARISTID (Aristeides) (miloddan avvalgi taxminan 540 — 467) — afinalik siyosiy arbob va lashkarboshi. Attika aristokratiyasi manfaatlari himoyachisi. Yunon-Eron urushida (miloddan avvalgi 500 — 449) marafon (miloddan avvalgi 490), Salamin … Read More

ARIS

ARIS — Qozog’istonning Janubiy qismidagi daryo, Sirdaryoning o’ng irmog’i. Uzunligi 378 kilometr. Havzasining maydoni 14,9 ming kilometr kvadrat. O’rtacha suv sarfi Aris shahri yonida 46,6 m3/sek. Talas Olatovi bilan Qoratovdagi … Read More

ARIOZO

ARIOZO (italyancha arioso — ariyaga o’xshash) — 1) erkin shaklda yaratilgan kichik ariya. Ko’pincha operalarning rechitativli sahnalari o’rtasi (yoki oxiri) da foydalaniladi. Ariozo Kozlovskiyning «Ulug’bek» operasidagi Ulug’bek va chol, M. … Read More

ARIN-BERD

ARIN-BERD — Urartu davlati podshosi Argishti I tomonidan miloddan avvalgi taxminan 780 yilda bunyod etilgan qal’a xarobasi; Yerevan shahri atrofida. Arin-berdda topilgan bitiklarga ko’ra, qal’aning nomi Yerebuni bo’lgan (Yerevan shahrining … Read More

ARILLASH

ARILLASH (kimyoda) — organik birikmalar tarkibidagi vodorod atomi o’rniga aril guruhini kiritish. Arilfenil, naftil va boshqa aromatik birikmalar qoldig’i. Arillash har xil aromatik birikmalar hamda organik bo’yoklar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.