ARILAR

ARILAR, arisimonlar (Apotdea) — chaquvchi pardaqanotlilar katta oilasi. Kovlovchi arilarga yaqin tuzilgan. Arilarning panjalari tuklari bilan birga chang yig’uvchi apparatni hosil qiladi, uzun xartumi esa guldan nektar yig’ishga moslashgan. Arilarga … Read More

ARIZONA

ARIZONA — AQSh Janubi-g’arbidagi shtat. Maydoni 295 ming kilometr kvadrat. Aholisi 4 million. Ortiq kishi (1999). Ma’muriy markazi — Finiks shahri. Markaziy qismi tog’lar (balandligi 3861 metrgacha), shimoliy-sharqi Kolorado va … Read More

ARIZACHO’P

ARIZACHO’P — uzunchoq, ichi kovak, chiroyli ishlanib, sirti naqshlangan yog’och g’ilof. O’rta asrlarda Turkiston xonliklaridagi amaldorlar o’zaro yozgan ariza va iltimosnomalarini Arizacho’pda choparlar orqali yuborganlar.

ARIZA

ARIZA — 1) muayyan muassasa yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat, eng ko’p tarqalgan ish qog’ozi. Masalan, bog’cha mudirasi, maktab direktori, oliy o’quv yurti rektori, davlat … Read More

ARIETTA

ARIETTA (italyancha arietta) — 1) kichik ariya, odatda 2 qismli shaklda sodda bayoni va kuyining qo’shiqsimon xarakteri bilan ajralib turadi. Masalan, M. Yusupovning «Xorazm qo’shig’i» operasidagi Bahor Ariettasi; 2) 18-asr … Read More

ARIDLASHISH

ARIDLASHISH — cho’l va chala cho’l zonalarida iqlimning quruqlashish fazalari; muzlik bosgan o’lkalardan tashqarida, antropogen davrida muzlanishga uchragan, taxm. muzlanishlararo oblastlarga to’g’ri keladi.

ARID O’LKALAR

ARID O’LKALAR (lotincha aridus — qurg’oqchil) — cho’l iqlimli o’lkalar. Arid o’lkalarda havoning sutkalik va yillik temperaturalari katta tafovut qiladi, nisbiy hamda mutlaq namlik kam, yog’in juda oz (150 — … Read More

ARID TUPROQ

ARID TUPROQ (lotincha aridus — quruq, qurg’oqchil) — bug’lanadigan namlik miqdori yog’inlar miqdoridan ortiq bo’lgan cho’l va chala cho’l zonasiga mansub kam unum tuproq. Arid iqlimli yerlarda vujudga kelgan. Arid … Read More

ARID IQLIM

ARID IQLIM — havo temperaturasi yuqori bo’lgan va yog’in deyarli yog’maydigan yoki kam yog’adigan (yiliga 100 — 150 millimetr) quruq iqlim. Cho’l va chala cho’llar (masalan, Turkiston o’lkasi cho’llari) ga … Read More

ARIBOFLAVINOZ

ARIBOFLAVINOZ — ovqat tarkibida riboflavin (vitamin V2) bo’lmasligi yoki yetishmasligi, shuningdek organizmda shu vitamin hazmi yoki o’zlashtirilishi buzilishi oqibatida yuzaga keladigan kasallik. Asosan lab shilliq pardasi va yuz terisi zararlanadi: … Read More