AKTIV PUL OBOROTI
AKTIV PUL OBOROTI — to’lov jarayonlarida bevosita ishtirok etayotgan harakatdagi pul massasidir.
AKTIV PUL OBOROTI — to’lov jarayonlarida bevosita ishtirok etayotgan harakatdagi pul massasidir.
AKTIV KAPITAL — xo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish quvvatini aks ettiradi. Ular ikkita bo’lim — asosiy va aylanma kapital ko’rinishida buxgalteriya balansi aktivlarida rasmiy taqdim etiladi.
AKSELERATOR — iqtisodiyotda iste’molchilik sarf-xarajatlar hajmi o’zgarishi bilan yuzaga keladigan kapital qo’yilmalar hajmi o’zgarishini tavsif etuvchi ko’rsatkich. Akseleratsiya prinsipining mohiyati shundan iboratki, iqtisodiyotda iste’molchilik xarajatlari dinamikasi investitsiyalar hajmi dinamikasiga o’z … Read More
AKSIZOSTI MAHSULOTLAR — ularga nisbatan aksizlar o’rnatilgan (belgilangan) mahsulotlar.
AKSIZ SOLIG’I OBYEKTI — O’zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan tovarlar, eksport va import qilingan ba’zi tovarlar oboroti.
AKSIZ SOLIG’I — ishlab chiqarish korxonalarida yaratilgan yoki eksport va import qilingan ba’zi tovarlar qiymatining bir qismini majburiy budjetga to’lovdir.
AKSIYANING NOMINAL QIYMATI — hissadorlik jamiyati ta’sis etilganda yig’iladigan aksiyaning qiymati.
AKSIYANING NOMINAL NARXI — aksiyaning aksionerlik jamiyati ta’sis etilganda sotilgan dastlabki narxi.