AVTORITET
AVTORITET — xodimlarning rahbarni hurmat qilishi, hurmat yuzasidan uning fikr-mulohazalari va maslahatlariga quloq tutishi, uning gapini ikki qilmaslikka, buyruqlarini o’z vaqtida o’rinli bajarishga urinishi.
AVTORITET — xodimlarning rahbarni hurmat qilishi, hurmat yuzasidan uning fikr-mulohazalari va maslahatlariga quloq tutishi, uning gapini ikki qilmaslikka, buyruqlarini o’z vaqtida o’rinli bajarishga urinishi.
AVTONOM JAMI SARFLAR — jami daromadning bir qismi, uning har bir vaqt doirasidagi miqdori va dinamikasi iste’molchi ixtiyoridagi joriy daromadga bog’liq bo’lmaydi.
AVTONOM ISTE’MOL — shaxsiy iste’mol xarajatlarining yalpi milliy daromad (shaxsiy tasarrufdagi daromad — SHTD) o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan qismi. SHTD nolga teng bo’lganda ham avtonom iste’mol to’plangan mulk va jamg’armalarning kamayishi … Read More
AVTONOM ISTE’MOL SARFLARI — iste’mol sarflarining bir qismi, uning miqdori va dinamikasi iste’molchi ixtiyoridagi daromadga bog’liq bo’lmaydi.
AVTONOM INVESTITSIYALAR- asosiy kapitalga qilingan investitsiyalarning yalpi ichki mahsulot hajmi o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan qismi.
AVTOMATLASHTIRISH — mashinalar, mexanizmlar, uskunalar yordamida inson ishtirokisiz faqat uning nazorati ostida ishlab chiqarish, boshqarish va jamiyat funksiyalarini amalga oshirish, absolyut kam ishchilar ishtirokida mexanik operatsiyalarni bajarish.
AVTOMATLASHTIRILGAN BANK MA’LUMОTLARI — avtomatlashtirilgan axborot tizimi, ya’ni markazlashtirilgan holda saqlanadigan va birgalikda ishlatiladigan ma’lumotlardir.
AVTOMATLASHTIRILGAN ISH JOYLARI — mutaxassislarning bajaradigan funksiyalarini avtomatlashtirish uchun kerakli axborotlar, dasturlar va axborot resurslari yig’indisi.
AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMI — axborotlar yig’indisi, axborotlarni ishlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun yo’naltirilgan matematik-iqtisodiy usullar, modellar, dasturlar, mexanizmlar, texnologik vositalar va mutaxassislar yig’indisi.
AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TEXNOLOGIYASI ma’lumotlarni uzatish, to’plash, saqlash va qayta ishlash uchun hisoblash texnikasi va aloqa tizimlari usullari hamda vositalari qo’llaniladigan axborot texnologiyasi.