Abdufozil
Abdufozil-barkamol, mukammal va bekamu ko’st Allohning bandasi. Fozil- “fazlu karomat sohibi” ma’nosida Muhammad (s.a.v.)ning ham sifatlaridan biri.
Abdufozil-barkamol, mukammal va bekamu ko’st Allohning bandasi. Fozil- “fazlu karomat sohibi” ma’nosida Muhammad (s.a.v.)ning ham sifatlaridan biri.
Abdufattoh-hukm etuvchining yoki rahmat xazinalarini ochuvchi va unga yo’l ko’rsatuvchining, ya’ni Allohning quli; doimo g’olib va muzaffarning quli.
Abdufarmon-falakdan keluvchi buyruqlarning sodiq ijrochisi (quli). Bu o’rinda Allohning xohish-irodasi ko’zda tutiladi.
Abdufayz-nozu ne’matlari mo’l va saxiyning quli
Abdutohir-toza, pokizaning quli. Tohir-Muhammad (s.a.v.)ning sifatlaridan biri
Abdusunnat-Allohning yo’l-yo’qialrini ado etuvchi, qul yoki Allohning sunnat qilinganga o’xshab tug’ilgan bandasi
Abdusohib-hokimning, boshliqning quli. Bu o’rinda Alloh ko’zda tutiladi.
Abdusolih-Allohning buyrug’ini ado etib yaxshi ishlar qiluvchining quli. Solih-Muhammad (s.a.v.)ning sifatlaridan biri.
Abdusiddiq-rostgo’yning, adolatlining quli. Siddiq-Muhammad (s.a.v.) ning sifatlaridan biri
Abdusattor-kechiruvchining va himoya qiluvchining, ya’ni Allohning quli