Alanga to’g’risida yong’indan xabar bergich
Alanga to’g’risida yong’indan xabar bergich – cho’g’ yoki alanga o’chog’i, elektromagnit nurlanishni sezuvchan qurilma.
Alanga to’g’risida yong’indan xabar bergich – cho’g’ yoki alanga o’chog’i, elektromagnit nurlanishni sezuvchan qurilma.
Alanga (targ’il) – 1) yonish va elektr razryadlari paytida hosil bo’lgan, asosan qisman ionlangan zarrachalardan iborat, o’zaro kimyoviy ta’sirlar va muhitni tashkil etuvchi zarrachalarning fizik-kimyoviy o’zgarishlari sodir bo’lgan issiq gazsimon … Read More
Aqiq – mineral, kremniy, kvartsining krip-kristall xilligi, SiO2.
Akustik materiallar (akustik ashyolar) – shovqinni kamaytirish va xonada optimal eshitish sharoitlarini yaratish uchun mo’ljallangan materiallar; bular tovush yutuvchi va tovushni izolyatsiyalovchiga bo’linadi. Akustik materiallar mato, plita, blok, paxta yoki … Read More
Akustik qorishmalar – qattiq asos yotqizilganda talab etilgan tovush yutuvchanlikni ta’minlovchi qorishmalar.
Akustika – tovush to’lqinlarining tarqalish jarayoni o’rganiladigan fan. Masalan: me’morchilik akustikasi, qurilish akustikasi va hokazolar.
Aktinometr – 1) quyosh radiatsiyasini o’lchaydigan asbob; 2) nurga perpendikulyar bo’lgan sirtga quyosh nurlanishining (radiatsiyaning) intensivligini o’lchash uchun mo’ljallangan qurilma.
Akt (dalolatnoma) – o’tmishda sodir bo’lgan yoki hozirgi vaqtda sodir bo’layotgan biron-bir voqeani tasdiqlovchi hujja. Masalan: sinov dalolatnomasi, qabul qilish dalolatnomasi, joriy etish dalolatnomasi va hokazolar.
Akslanish (qaytish) – aks ettirilayotgan ob’yektning belgilari, xususiyati va munosabatlarini takrorlashdan iborat bo’lgan materialning umumiy xususiyati.