Aylana yog’och-taxta materiallar
Aylana yog’och-taxta materiallar – uzunligi o’zgaruvchan har xil diametrdagi daraxt kesimlari.
Aylana yog’och-taxta materiallar – uzunligi o’zgaruvchan har xil diametrdagi daraxt kesimlari.
Azimut – 1) meridian tekisligi bilan kuzatilayotgan nuqta va yoritgich orqali o’tkazilgan tik tekislik orasidagi burchak; geodeziya, navigatsiya va fizikada muayyan ob’yekt yo’nalishi o’rtasida o’lchanadigan burchak.
Aylana (doirasimon) – 1) pargar yordamida chizilgan doira; 2) aylana shaklidagi me’moriy qism.
Ayirboshlash tasmasi – temir yoki shosse yo’lining ikki tomoni bo’yicha transport tashkilotiga foydalanish uchun berilgan hudud.
Ayvon (balkon, peshayvon) – uch tomoni devor bilan o’ralgan oldi ochiq xona. Tuzilishi jihatdan ayvonning uch xil turi uchraydi; dahliz-ayvon, ustunli ayvon, ravoqli ayvon. Asosiy xona oldiga qurilib, soyabon vazifasini … Read More
Azimkor usta – ijodiy va amaliy ishlarining miqyosi katta, ko’lami baland me’mor, muhandis, usta.
Azim – g’oyat katta, ulkan, ulug’vor. Masalan: minora.
Azerit – yengil betonlar uchun sun’iy to’ldirgich. Diametri 5-40 mm. bo’lgan shar shaklida, shishasimon ko’rinishdagi g’ovakli parchalar. Azerit issiqlik izolyatsiya to’shamasi sifatida ham qo’llaniladi.
Ajratuvchi yoriq – o’sayotgan daraxt yadrosida yuzaga keladigan va daraxt ko’ndalang kesimidagi qatlamlar orasidan o’tuvchi yoriq.
Ajratuvchi devor – yonma-yon gidrotexnik inshoot orasidagi suv oqimining mustaqil gidravlik rejimini ta’minlovchi tik devor.