Ajratmoq
Ajratmoq – biror narsani boshqasidan uzmoq, ajratmoq, bog’langanni ajratish.
Ajratmoq – biror narsani boshqasidan uzmoq, ajratmoq, bog’langanni ajratish.
Ajratuvchi – o’chirgichga mexanik ravishda ulangan (yoki o’rnatilgan) o’chirgich mexanizmidagi ushlab turish moslamasini bo’shatib beradigan va o’chirgichning avtomatik ishlashiga olib keladigan qurilma.
Ajratkich – 1) biror narsaning boshqa moddadan ajralib chiqishiga yordam beruvchi modda; 2) yuqori kuchlanishli elektr tarmog’ining alohida uchastkalarini ularda oqim bo’lmaganda avtomatik uzib qo’yish uchun elektr moslamasi.
Ajratish manzili – bekat, raz’yezd, quvib o’tish manzili va yo’l soqchixonasi, avtobloklashda esa temir yo’l chizig’ini haydovchilarga bo’luvchi o’tish rang chirog’i.
Ajratish (mablag’ ajratishga oid) – pul o’tkazish, depozitga qo’yish yoki ushlab qolish, tegishli o’tkazilgan, omonatga qo’yilgan yoki ushlab qolingan pul miqdori.
Ajratish – 1) quvuro’tkazgich yo’nalishini ravon o’zgartirish qismi; 2) har qanday moddalarni to’g’ri yo’naltirish uchun maxsus moslamalaar yordamida harakatlantirish jarayoni.
Ajratiluvchanlik – biror narsaning boshqasidan ajralishi, chiqib ketishi, ozod bo’lishi, alohida bo’lish xususiyati.
Ajratilmagan (himoyalanmagan) – har qanday aloqa, har qanday narsa bilan o’zaro ta’sir qilishdan himoya qiluvchi qopqoq, qobiq bilan himoyalanmagan.
Ajratilmaydigan – olib tashlash mumkin bo’lmagan. Masalan: ajratilmaydigan qismi, ajratilmaydigan o’zakli sing, ajratilmaydigan armature, o’zakning ajratilmaydigan elementi va hokazolar.
Ajratilgan yer – korxona, tashkilot uchun aniq maqsadli foydalanish uchun berilgan yer uchastkasi.