Abris

Abris (polyakcha: “Abrys”, Ruscha: “обрисовка”, fransuzcha: “dessin au trait”) – 1) ko’rinish, shakl va hokazolarning chizmasi; 2) chiziqlar bo’ylab va soyasiz chizish hamda konturlar ustidan yuritish.

Abako

Abako (lotincha-abacus, fransuzcha-abaque-plita, doska) – 1) kolonna, yarim kolonna, pilyastrlar kapitelining yuqori qismini tashkil etuvchi plita; 2) ustun kallagi yuqorisiga qo’yiladigan chorqirra taxta.

Abad (Abd)

Abad (Abd) – 1) mangulik, qadimiyat, umrbod, cheksizlik; 2) Amir Temur me’moriy xazinasining darvozaxonasi peshtog’ida bosh me’morning dastxati chekingan. Me’mor yozuvni “Amal al-abd…” so’zlari bilan boshlagan, ya’ni “Mangulikka bunyod etganim” … Read More